Namoyishda talabalar inson hissiyotlari orqali u haqida ma’lumot olinishi,shuningdek qarash yo’nalishini aniqlaydigan va odamning keyingi hatti harakatlarini aniqlab beradigan dastur namoyish etdilar.
Toshkentdagi Inha universitetining to’rtinchi kurs talabalari Abdulloh Asqarov, Shaxobiddin O’rmonov, Sardor Ibroximov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduxamidov va Sherzod Niyozov va professor Frensis Tay boshchiligida C-Vision noyob sun’iy ko’rish tizimini yaratdilar, deb xabar beradi universitet matbuot xizmati.
«Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg’ularini taniydi va ushbu ma’lumotlarni, masalan, real vaqtda ma’ruzachining ma’ruzasi bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma’ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi», – deydi talaba Abdullox Asqarov.
Ishlab chiqaruvchilarning habariga ko’ra, dastur mobil hisoblanib u mutlaqo turli sohalarda ishlatilishi mumkin: ta’lim, xavfsizlik, reklamava va shunga o’hshash.
«Dastur katta tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatilishi ham kozda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, kontsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg’ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha engillashtiradi», – deydi ishlab chiqaruvchilar.
Bundan tashqari, ta’lim sohasida qo’llash mumkin bo’lib u talabalarning ma’ruza / dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan ishtirok etayotkanini aniqlaydi.
«Bizning sun’iy intellekt professori, professor Frensis Tai No ushbu dasturni yaratishda bizni ilhomlantirdi. Uning so’zlariga ko’ra, nafaqat nazariyani o’rganish kerak, balki uni hayotda qo’llashni taklif qildi. Biz – kurs loyihasini olgach, dastlab shahar ko’chalarida videokuzatuv xizmatini yaratishga qaror qildik. Ammo rivojlanish jarayonida ushbu dastur juda mobil bo’lib, turli sohalarda osonlikcha qo’llanila boshladi. Biz buni reklama agentliklariga ham tavsiya etamiz. Shuningdek, agar siz ko’chalarga kameralar o’rnatadigan bo’lsangiz, dastur orqali shahar aholisining umumiy hissiy holatini kuzatishingiz mumkin», – deya qo’shimcha qildi ishlab chiquvchilar.
Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o’zlarining ijobiy harakatlari bilan Varshavada bo’lib o’tgan Microsoft Thenext AIGuardians-2019 xalqaro sun’iy intellekt tanlovining final bosqichida ishtirok etdilar.O’zbekistonlik dasturchilar bunday tanlovda birinchi marotaba ishtirok etib, uning g’olibiga aylandilar. Bundan tashqari, xuddi shu loyiha bilan,talabalar Google TakeOff-2019 xalqaro startap tanlovida ishtirok etib eng yaxshi 50 ta lik loyihadan joy egalladilar.