Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi.

2022-yil 30-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda koreys tili va madaniyati markazining O‘zbekistondagi King Sejong institutining ikkinchi filiali hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasining yuqori martabali vakillari, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi Sobirova Kamola Shavkatovna, shuningdek, TShIU rahbariyati va Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari (KDB Bank, Korea Minting, Security Printing & ID Card Operating Corp, Samsung electronics, Uz-Kor Gas Chemical) ishtirok etdi.

Festival koreys-o‘zbek madaniyati va an’analarining rang-barangligini namoyish etdi. Festival mehmonlari Koreya va O‘zbekistonning an’anaviy mashhur taomlaridan tatib ko‘rishdi. Foto zonalarda tematik fotosessiyalar o’tkazildi va dastur yorqin raqs chiqishlari bilan to’ldirildi.
Ikki mamlakat xalqlarining do‘stligi va farovonligi ramzi sifatida ko‘chat o‘tqazish marosimi tadbirning yorqin qismi bo‘ldi.

O‘zbekistonliklarning Janubiy Koreyaga madaniyati bo’lgan qiziqishi yanada ortib bormoqda. Xususan, koreys tili va k-pop musiqasiga bo’lgan qiziqish. Shuni ta’kidlash joizki, so’ngi yillarda Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga hujjat topshirayotgan yoshlar soni ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan 2021-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetida King Sejong institutining ikkinchi filiali – King Sejong Markazi ochildi.

King Sejong Markazi koreys tilini oson va tizimli o‘rganishi uchun standart o‘quv dasturlari va talabalarni baholash tizimini taqdim etadi. Bu koreys tili va madaniyatini dunyoga targʻib qilish doirasida tashkil etilgan taʼlim loyihasidir. Ushbu King Sejong Markazi koreys alifbosini ixtiro qilgan hukmron sulolaning to‘rtinchi qiroli sharafiga nomlangan.

Festival umumiy fotosessiya bilan yakunlandi.