2022-yil 18-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekiston yashil maktablari” kursini to‘liq tamomlagan dastlabki 35 nafar o‘qituvchiga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda o‘qituvchilarga “QMCh (qattiq maishiy chiqindilar) saralash va ekologiya” moduli bo‘yicha dars berish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, maslahatchi, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Reychel Besh, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Amirjon Yo‘ldoshev, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Bahodir Xo‘jayev va boshqa jamoat va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.