2022-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TShIU talabalari tomonidan tashkil etilgan birinchi mustaqil TEDx tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ma’ruzachi sifatida qatnashib, turli qiziqarli mavzular: mnemonika, karyera, IT, sun’iy intellekt, psixologiya va motivatsiya kabi mavzularni muhokama qilishdi.
TED(Technology, Entertainment, Design) konferentsiyasi 1984 yilda Kaliforniyada boshlangan. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad turli xil sohalar – san’at va sportdan tortib, ilm-fangacha bo‘lgan noyob g‘oyalarni ommalashtirishdan iborat.
TEDda o’z vaqtida Microsoft asoschisi Bill Geyts, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va Google dasturchisi va hammuassisi Sergey Brin ham nutq so‘zlagan. Mashhurlik to’lqinida TED butun dunyo bo’ylab ishqibozlar tomonidan tashkil etila boshlandi va TEDx litsenziyalangan konferentsiya formatini ishga tushirdi.