Universitet rahbariyati joriy yilning yangi semestrdan boshlab «Dasturiy ta’minot va kompyuter» muhandislik fakultetida «Muhandislik etikasi» fanidan bo’lib o’tadigan ma’ruzalar shaklini «jonli» ravishda olib borishga qaror qildi. Ma’ruzani qiziqarli olib borish uchun turli kompaniyalar va davlat korxonalari xodimlari, tadbirkorlar va IT sohasidagi mutaxassislar yordam beradilar. “Jonli” ma’ruzalarni o’qitish tashabbusini Toshkent shahridagi Inha universiteti v.b rektori Muzaffar Djalalov taklif qildi.
«Aytib o’tish joizki bunday ma’ruzalar juda zerikarli, ammo zarur. Talabalarning fikricha, faqat chet elliklarning misollariga asoslangan holda, o’nlab odamlar ma’ruza paytida uxlab qoladilar. Shuning uchun biz ushbu mavzuni qandaydir «jonli» yanada qiziqarli o’tkazishga qaror qildik. Misol qilib aytkanda 4-kurs talabalariga bunday maslahatlar kelajakda juda foydali bo’ladi, masalan, yirik kompaniyalarda qay tarizda torgi suhbatdan o’tish, jamoada ishlash, turli toifadagi fuqarolar bilan to’gri muloqatta bo’lish va o’z kasbini sifatli bajarish”, – dedi Muzaffar Djalalov.
Kompaniya vakillari va tadbirkorlar universitet rahbarining g’oyasini qo’llab-quvvatladilar. Shu qatorda talabalarning o’zlari amaliy ma’lumot, maslahatlar va mutaxassislarning hayotiy ko’rsatmalarining ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, o’z fikir mulohazalarini bildirdilar. Bugun CEO Newmax Tecnoligies (MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack) asoschisi Akmal Payziev talabalar bilan tajriba almashish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
* Muhandislik etikasi – bu amaliy etika va muhandislik amaliyotida qo’llaniladigan axloqiy tamoyillar tizimidir. Muhandislar jamiyati, mijozlari va kasbi oldidagi majburiyatlarini qay tarizda belgilashni o’rgatadi va shu qatorda fan falsafasi, muhandislik falsafasi va texnologiya etikasi kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq.
