Toshkent shahridagi Inha universitetida yillik ta’lim sifati monitoringi o‘tkaziladi

2022-yilning 15-aprel kuni INHA universiteti (Koreya) tadqiqot va tashqi aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti janob Hyuk Von boshchiligidagi malakali Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga keldi.
Delegatsiya 15-18 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim ekvivalentligini baholaydi.

Koreya delegatsiyasi tekshiruv mobaynida axborot sessiyasi, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkil etadi, Universitetning bugungi holati va ta’lim sifatini oshirish istiqbollarini muhokama qiladi hamda akademik boshqaruv tizimini monitoring qiladi.