2022-yilning 8-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kiberxavfsizlikning integratsiyalashgan yechimlariga ixtisoslashgan Qozog‘istonning CSAI Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb tendensiyalar va muammolar, xususan, kadrlar, tahlilchilar va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi muhokama qilindi.
Ta’lim tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan bir qator qo’shma tadbirlar belgilab olindi: kiberxavfsizlik laboratoriyasi negizida kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovlar, xakatonlar, o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirildi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.