TShIU va Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.

2022-yilning 19-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori E.Golisheva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar va anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ushbu hamkorlik memorandumi quyidagi loyihalarni o’z ichiga oladi:
1. Koreyadan kelgan sayyohlar uchun Toshkent muzeylarida innovatsion texnologiyalarni (audiogidlar) joriy etish loyihasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi turizm korxonalari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tizimi xodimlarini (Qirol Sejong koreys tili markazi) koreys tili bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirish (o‘qitish) kurslarini tashkil etish.

Hujjat imzolangandan so‘ng tomonlar bir qator qo‘shma loyihalar va tadbirlarni ishlab chiqish uchun uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirdilar.