Germaniyada xizmat safarida davomida bo‘lib o’tayotgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev Germaniyadagi Constructor Universititining kansler va boshqaruvchi direktori — Turgut Tülü bilan uchrashdi.
Hamkorlik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
• Talabalarining o‘zaro almashinuvini rivojlantirish;
• 3+1 modeli bo‘yicha ikki tomonlama diplom dasturini ishga tushirish;
• Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va o‘qituvchilar mobilligi uchun arizalar topshirish;
• IT bo‘yicha yozgi va qishki qisqa muddatli dasturlarni yaratish;
• Executive MBA ishtirokchilari uchun sertifikatlar berish bilan qisqa muddatli IT kursini ishga tushirish.
Bu hamkorlik talabalarimiz va o‘qituvchilarimiz uchun yangi akademik imkoniyatlarni ochib, xalqaro ta’lim ufqlarini kengaytiradi.
