Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi ochilish marosimida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbirda talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar,  adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi, g‘azal va she’rlar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi, shuningdek,  respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi.