Hurmatli Matbuot va OAV xodimlari!

Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan siz, hurmatli jurnalistlarni, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, sizlarga o‘zimizning chuqur hurmat va ehtiromimizni bildirishdan mamnunmiz!
 
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan ochilgan Universitetda mehnat qilish insonga katta mas’uliyat yuklaydi. Lekin shu bilan birga qilayotgan mehnatni yuzaga chiqarishda sizlarning xizmatlaringiz beqiyosdir! Shunday ekan, sizlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash samarali bo‘lishini tilagan holda, yana bir bor sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, ijodiy kamolot tilaymiz!
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi