Buning uchun siz👏🏼😊
1. Imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda)
2. Maxsus sertifikat (pdf formatda);
3. So’ngra my.gov.uz ga kirishingiz / ro’yxatdan o’tishingiz kerak. 👉🏼To‘lovni qaytarish xizmatini tanlashingiz zarur: //my.gov.uz/uz/service/413
4. O’zingizni (imtihon topshiruvchi) yoki 16 yoshga to’lmagan farzandingizni ma’lumotlarini kirgazing
5. Banklar ro’yxatidan joylashuvingiz bo’yicha sizga yaqinroq joylashgan «Xalk bank»i filialini tanlashingiz kerak.
6. Shablonga sertifikat ma’lumotlarini to’ldiring, sertifikatning o’zi va to’lov kvitansiyasini ilova qiling (pdf formatida)
7. 15 kun ichida sizga ariza ko’rib chiqilganligi haqida SMS xabar keladi.
8. Shundan so‘ng shaxsiy kabinetingizdagi, so‘rovlaringiz bo‘limida my.gov.uz saytiga o‘tishingiz kerak. 👉🏼 Toʻlovni qaytarish uchun qogʻozni toʻliq koʻrinishda yuklab oling.
9. IELTS imtihonidagi summani rasmiylashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tganligingizni bilish uchun o‘zingiz tanlagan bankka qo‘ng‘iroq qiling. Agar javob ha bo’lsa ✅ bankka boring va pulni oling.
Unutmang: To‘lovni qaytarish uchun sizda
•IELTS 7 balldan;
•TOEFL 95 balldan ;
•GMAT, GRE va SAT 75% dan;
•SAT 1200 dan yuqori bo’lishi kerak.
Ushbu imkoniyatdan
• 30 yoshdan kichik;
• 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakillar foydalanishlari mumkin.
☝🏼Oddiy amallarni bajarganingizdan so’ng, IELTS imtihonidan yuqori ball to’plab 2 000 000 so’mni qaytarib olishingiz mumkin.
