Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarni sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va kibernetika sohasidagi yetakchi mutaxassis, professor Yoan Roksin bilan o‘ziga xos uchrashuvga taklif etadi!
Spiker: Professor Ioan ROXIN
Sana: 28-fevral
Vaqt: 11:00
Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B101 auditoriyasi
Professor Roksinning kim o‘zi?
• Xalqaro tan olingan fan doktori, o‘qituvchi va tadqiqotchi
• ELLIADD fanlararo laboratoriyasi direktori
• Raqamli aloqalar, elektron ta’lim, raqamli nashriyot va kontent semantikasi bo‘yicha ekspert
🔔 Ma’ruza nima haqida?
Professor Roksin sun’iy intellektning kelajagi, uning ta’lim, fan va biznesga ta’siri, shuningdek, sun’iy intellekt bugungi kunda qanday imkoniyatlar ochayotgani haqida so‘zlab beradi.
Nima uchun kelish lozim?
✔️ Jahon miqyosidagi ekspertga savol berish uchun ajoyib imkoniyat
✔️ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi tendensiyalar
✔️ Talabalar, tadqiqotchilar va IT mutaxassislari uchun ajoyib imkoniyat
➡️Bilimlaringizni oshirish va texnologiyalar kelajagi haqida birinchi lardan ma’lumot olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
