Nima uchun butun dunyoda MBA dasturi bo‘yicha ta’limga talab katta?

Xo‘sh, MBA o‘zi nima?

Javob aniq: bu muvaffaqiyat va martaba o‘sishiga olib boradigan puxta o‘ylangan yo‘ldir 👇

✅MBA diplomi ishga joylashishda katta ustunlik berishidan tashqari, magistr menejment va IT sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qimmatli amaliy tajribaga ega bo‘ladi.

Qisqartma Master of Business Administration deb tarjima qilinadi. MBA ta’limi keng ko‘lamli boshqaruv kompetensiyalariga ega bo‘lish imkonini beradi. Ta’lim oluvchilar bugungi kunda talab qilinadigan katta hajmdagi bilimlarni egallaydilar: korporativ menejment, IT, moliya, marketing, xodimlarni boshqarish, biznesning iqtisodiy va huquqiy jihatlari, xalqaro iqtisodiyot va boshqalar.

Kasbiy darajani oshirish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, shaxsiy o‘sish – MBA dasturi orqali erishish mumkin bo‘lgan narsalar bitiruvchilarga martaba zinapoyasidan ko‘tarilishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetida Digital transformation bo‘yicha MBA dasturiga qabul boshlandi

Ro‘yxatdan o‘tish: //admissions-graduate.inha.uz/#/login/signin
Qabul qoidalari: //inha.uz/postgraduate/application-guideline-m/
🔹 Murojaat uchun telefon: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot