Qashqadaryoda Inha universitetining taqdimoti bo’lib o’tdi

 

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov Qashqadaryo viloyatidagi bir qator umumta’lim maktablarida bo’lib, u erda universitet haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishtib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ko’rsatmalariga muvofiq mamlakatda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarga ko’ra, o’zbeklar ta’limni bolalar bog’chasidan boshlab olishadi. Maktablar va universitetlarning ta’lim tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Rektor vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov Qarshi shahridagi 2 va 4-maktablarda bo’lib, «Rektor soati»deb nomlangan tadbirni o’tkazdi. Tadbirlarda 20 ga yaqin umumta’lim maktablarining o’quvchilari va o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Muzaffar Djalalov maktab o’quvchilariga oliy ma’lumot olishning muhimligi, xususan Inha universitetida o’qish jarayonlari qay tarizda olib borilishi haqida so’zlab berdi.
“Birinchi narsani ta’kidlashni istardim, bu juda muhimdir. Agar siz aqlli, bilimdon bo’lsangiz, bir nechta tillarni bilsangiz va ayni paytda bozorda talab qilinadigan mutaxassislikni egallagan bo’lsangiz, unda sizga yaxshi ish topishingiz kafolatlanadi. Ta’lim yangi eshiklarni ochadi. Bu sizga o’zingiz yoqtirgan biznesni amalga oshirayotganda pul topish imkoniyatini beradi. Faqat o’zingiz xohlagan narsani tanlashingiz kerak. Har qanday kasb zarur va muhimdir. Biroq, bugungi kunda dasturchi mutaxassisligi tobora ommalashib bormoqda. Bu yangi va juda katta maosh oladigan kasb” dedi universitet rahbari.
Muzaffar Djalalov Inha universitetiga kirish uchun nima kerakligi va xalqaro universitetlarida ta’lim olish nima uchun qiziq ekanligi haqida gapirdi.