Toshkent shahrida ikkinchi “Central Asia Peering and Interconnection Forum”i boʻlib oʻtmoqda.

 

Ikkinchi “Central Asia Peering and Interconnection Forum”i Markaziy Osiyo, Eron va qoʻshni mintaqalarda global internet aloqasini qoʻllab-quvvatlash va internet rivojlanishini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.

CAPIF 2 “O‘zbektelekom” va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumdir.

Forum global internet hamjamiyati bilan aloqalarni o’rnatish, ilg’or tajribalarni almashish, mahalliy va global aloqalarni yaxshilash orqali Internet qanday rivojlanishi mumkinligi haqidagi bilimlarni kengaytirish uchun birlashish imkoniyatini beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov o‘z nutqida, “Toshkent shahridagi Inha Universiteti har doim IT-ta’lim va tadqiqot sohasida mukammallikka intiladi. Universitet sifatida biz talabalarimizga raqamli asrda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni berishga intilamiz.
Umid qilamizki, bu yerda tashkil etilgan hamkorliklar ushbu tadbir tugaganidan so’ng ham o‘z samarasini berishda davom etadi” deya ta’kidlab o’tdi.

CAPIF 2 forumida internet bilan bog‘liq bo’lgan Markaziy Osiyo, Eron va qo‘shni mintaqalardan yangi tashkil etilgan IXPlarning ilg‘or tajribalari, mintaqaviy va xalqaro ulanish imkoniyatlari, qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazalar kabi qator mavzularda taqdimotlarni o‘z ichiga oldi. Tadbir davomida IXPlar, ularni yaratishdagi qiyinchiliklar va ularni takomillashtirish yo‘llari haqida maxsus suhbatlar tashkil etildi.