Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari Jasurbek Xo‘jayev va Sarvar Abdullayevlar nufuzli «CGIAR» (Consultative Group for International Agricultural Research) akseleratsiya dasturi g‘olibi bo‘ldilar.
Musobaqada qatnashish uchun butun dunyodan 571 ta jamoa ariza topshirgan va akseleratsiyaga 10 ta jamoa ruxsat etilgan.
Taqdim etilgan loyihalarni tahlil qilish va batafsil muhokamalar asosida hakamlar hay’ati 3 nafar g‘olibni aniqladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari “Amudario Research LLC” loyihasi ostida “GozanLink” issiqxona monitoringi tizimi loyihasi bilan BIRINCHI O‘RINni egalladi. GozanLink – yuqori aniqlikdagi sensorlar bilan jihozlangan issiqxona iqlimini kuzatish tizimi. Tizim fermer xo’jaliklari egalariga ko’mir yoki tabiiy gaz iste’molini kamaytirishga va CO2 chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, oldindan ogohlantirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni erta aniqlash imkonini beradi.
Universitetimizda shunday xodimlar ishlayotganidan juda faxrlanamiz!
Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan professor Xo‘jaev va professor Abdullaevni g‘alabalari bilan tabriklaymiz va ularga yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!