Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati va “Uzarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati va “Uzarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
 
2021 yil 28 yanvarda Toshkent shahridagi Inha universitetining ishchi guruhi rektor v.b. Muzaffar Djalalov boshchiligida “Uzarxiv” Agentligiga tashrif buyurdi. Mamlakatda kadrlar tayyorlash jarayoni muhimligini ta’kidlab, ikki tomon ham arxiv tizimi xodimlarini axborot texnologiyalarida doimiy ravishda tayyorlash jarayoni hamkorlikning birinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘lishini eslatib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga va muzokaralar yakuni bo‘yicha vazifalar va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini tuzishga kelishib oldilar.
 
 
Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti ishchi guruhi O‘zbekiston Milliy Arxivida arxiv hujjatlarining saqlanishi, hujjatlarni raqamlashtirish tayyorlash jarayoni, ko‘rgazma zalida taqdim etilgan qimmatli hujjatlar bilan tanishdi.