Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari nufuzli stipendiyalar sohibiga aylanishdi

2025/2026-o‘quv yili uchun nufuzli davlat stipendiyalari sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan guvohnoma va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Faxr bilan ma’lum qilamiz, joriy yilda Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi nufuzli davlat stipendiyalari sohibiga aylandi, shuningdek, yetti nafar talabalar Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu ajoyib muvaffaqiyat ularning mashaqqatli mehnati va mukammallikka intilishini yaqqol namoyon etadi!

Sarvar Bazarov — O‘zbekiston Respublikasi Prezident davlat stipendiyasi sohibi
Abduaziz Ziyodov — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi
Maxsudov Mirshod, Azimov Mirvohid, Shadiyeva Marjona, O‘ktamov Javoxir, Axrarova Munisa, Raxmonov Atabek, To‘lqinboyev Jamoliddin — Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohiblari

Talabalarni tabriklaymiz va ulkan zafarlar tilab qolamiz!