Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, Kiberxavfsizlik klubi yetakchilari va ChiLL Chain (Call the Team) jamoasi a’zolari Oybek Abduqahhorov hamda Arslan Bitanov 27-28-mart kunlari Parijda bo‘lib o‘tgan HackDay 2026 CTF Finals musobaqasida ishtirok etishdi.
HackDay CTF — OpenGate va SIFARIS tomonidan tashkil etiladigan nufuzli xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasi hisoblanadi.
22 ta xalqaro jamoa bilan bellashib, ChiLL Chain (Call the Team) jamoasi faxrli o‘rinni egalladi! Talabalarimiz bir nechta topshiriqlarni birinchilar qatorida yechib, yuqori texnik bilim, jamoaviylik va qat’iyatni namoyon etishdi.
Oybek va Arslanni ushbu ajoyib yutuq bilan tabriklaymiz!
