Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari «ZIYO CUP» musobaqasida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritishdi 🥉

17-aprel kuni «Kelajak muhandislari» xalqaro festivali doirasida «ZIYO CUP» musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi. Festival davomida yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.

🏅Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari «CS:2» kibersport yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallashdi:
Shokirov Azamat 3-kurs
Sadriddinov Javohir 3-kurs
Rustamov Firuz 3-kurs
Berkinov Oybek 4-kurs
Boymurodov Akbar 4-kurs
Baxriddinov Jamoliddin 4-kurs

Ta’kidlash joizki, musobaqa butun Respublika bo‘ylab 110 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda jami 900 ga yaqin talaba ishtirok etdi.

Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz!
Siz ham Inha universitetining kelajakdagi talabasi bo‘lishingiz mumkin! 🤩

➡️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: //admissions.inha.uz /
📥Qabul qoidalari haqida batafsil ma’lumot: //inha.uz/prospective-students/admissions/application-guideline/
📞Murojaat uchun raqamlar: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot