2024-yilning 1-may kuni INHA universiteti (Koreya) Global ta’lim loyihalari guruhi dekan o‘rinbosari, professor Sang Eun Shim boshchiligidagi Koreya ta’lim sifati monitoring delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga keldi.
Delegatsiya 1-3 may kunlari Toshkentda bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim ekvivalentligini baholaydi.
Koreya delegatsiyasi talabalar va professor-o‘qituvchilar, bo’lim boshliqlari bilan uchrashuv tashkil etadi hamda, universitetning bugungi holati va ta’lim sifatini oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, shuningdek, akademik boshqaruv va universitet IT tizimini ham monitoring qiladilar.