Toshkent shahridagi Inha universitetida har yili ta’lim sifati monitoringi o‘tkaziladi

2024-yilning 1-may kuni INHA universiteti (Koreya) Global ta’lim loyihalari guruhi dekan o‘rinbosari, professor Sang Eun Shim boshchiligidagi Koreya ta’lim sifati monitoring delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga keldi.

Delegatsiya 1-3 may kunlari Toshkentda bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universitetida ta’lim ekvivalentligini baholaydi.

Koreya delegatsiyasi talabalar va professor-o‘qituvchilar, bo’lim boshliqlari bilan uchrashuv tashkil etadi hamda, universitetning bugungi holati va ta’lim sifatini oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, shuningdek, akademik boshqaruv va universitet IT tizimini ham monitoring qiladilar.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!