Toshkent shahridagi Inha Universitetida “Job Fair 2026”

7-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetda “Job Fair 2026”, talabalar, bitiruvchilar hamda mahalliy va xalqaro yetakchi ish beruvchilarni birlashtirgan, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning bosh homiylari sifatida Lactalis, Vention, Fido Biznes, Huawei va Yandex kompaniyalari ishtirok etib, yoshlar uchun eng yirik karyera maydonlaridan birini tashkil etishda o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Joriy yilda “Job Fair 2026”da 80 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi. Ular orasida Huawei, Click, Uzinfocom, Uzcard, IT Park, Lactalis, Akfa, Deloitte, Sarkor Telecom, Cyberpark, Unicon, Fido-biznes kabi yetakchi tashkilotlar hamda axborot texnologiyalari, moliya, telekommunikatsiya va sanoat sohalarining boshqa ko‘plab vakillari bor.