30-may – 2-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida ShHT sammiti doirasida a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichi va finali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir IT Park tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
30-may kuni SCO Students cup xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O’zbekiston kibersport assotsiatsiyasi prezidenti Doniyor Jo’rayev, SHHT ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy koordinatori o’rinbosari Timur Abdullin ishtirok etishdi va tabrik so’zlari bilan chiqishdi.
CS: GO va DOTA 2 bo‘yicha turnirlarda Qirg‘iziston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan jami 50 ta jamoa va 1000 dan ortiq kibersportchilar ishtirok etadi.
Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. Har bir yo’nalish bo‘yicha g‘oliblar 50 million so‘mdan, 2-o‘rinni egallagan jamoalar 30 million so‘mdan, yakuniy jadvalning 3- va 4-qatorlarida joylashgan jamoalar esa 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
CS: GO va DOTA 2 g‘olib-jamoalarini taqdirlash marosimi 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
