Toshkent shahridagi Inha Universitetida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Ushbu tadbirda abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet bilan yaqindan tanishish, talabalik muhitini his qilish va ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tadbirning eng qiziqarli qismi VANT kompaniyasining insonsimon roboti namoyishi bo‘ldi. Bu taqdimot ta’limning amaliy jihatini hamda universitetning innovatsion yondashuvini yaqqol namoyon etdi.

Asosiy taqdimot qismida mehmonlar universitet vakillarining chiqishlarini tinglab, qabul jarayoni, ta’lim dasturlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tadbir yakunida eng faol abituriyentlarga sovg‘alar — Yandex Alice va Huawei Watch topshirildi

Sizni Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi sifatida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz