Toshkentdagi Inha universiteti talabalari YouTube’dagi istalgan videoni tez tarjima qilish va real vaqt rejimida o‘zbek tiliga dublyaj qilish uchun sayt yaratdilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetining 4-kurs talabalari Ziyamova Maftuna, Alkamyan David, Raximova Malika ushbu ishlanmasi bilan «UZ-NLP Challenge» hakatonida 2-o‘rinni egalladilar. Hackathon doirasida jamoa YouTube’dagi istalgan videoni real vaqt rejimida tezkor tarjima qilish va o‘zbek tiliga dublyaj qilish uchun  “Dubby” veb-saytini ishlab chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, «UZ-NLP Challenge» – sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlangan hakatondir. Ishtirokchilardan o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar asosida ilova, bot yoki boshqa dasturiy mahsulot yaratish talab qilinadi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar bardavom bo’lishini tilab qolamiz!👏🏼⚡️