🎓 Toshkent shahridagi Inha universitetini tanlash uchun 7 ta sabab
Universitetga kirish muhim qadam hisoblanadi, shuning uchun Inha sizning eng to‘g‘ri tanlovingizdir:
1️⃣ Janubiy Koreya ta’lim standartlari
O‘quv dasturlari Inha universitetining bosh kampusi (Incheon, Koreya) materiallariga asoslangan bo‘lib, amaliyot va natijalarga alohida e’tibor qaratiladi.
2️⃣ Ingliz tilida ta’lim
Barcha fanlar ingliz tilida o‘qitiladi, bu esa O‘zbekistonda ham, chet elda ham muvaffaqiyatli karyera qurish uchun muhim omildir.
3️⃣ Muvaffaqiyatli bitiruvchilar
Inha bitiruvchilari mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirayotgan yangi avlod yetakchilari va mutaxassislariga aylanmoqda.
4️⃣ Kuchli o‘qituvchilar jamoasi
O‘qituvchilarimiz O‘zbekiston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan kelgan, xalqaro tajribaga ega mutaxassislardir.
5️⃣ Karyera imkoniyatlari
Inha bitiruvchilari – talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar. Ko‘pchilik hatto o‘qish davrida xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ish boshlamoqda.
6️⃣ Amaliyot va xalqaro loyihalar
Inha nafaqat ta’lim olish, balki Janubiy Koreyada almashinuv dasturlari, xakatonlar va amaliyotlardan foydalanish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.
7️⃣ Zamonaviy kampus va talabalar hayoti
Qulay sinf xonalari, laboratoriyalar, kovorking maydonchalari, to‘garaklar va tadbirlar – barchasi rivojlanish va ilhomlanish uchun!
➡️ Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: //inha.uz/apply/
🗂 Qabul qoidalari haqida batafsil ma’lumot: //inha.uz/prospective-students/admissions/application-guideline/
✈️ Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 289 99 94 yoki @askinhabot
