Kiberxavfsizlik laboratoriyasi

Yangi ochilgan kiberxavfsizlik laboratoriyasi negizida quyidagi tashabbuslar amalga oshiriladi:

  • kiberxavfsizlik bo’yicha talabalarni o’qitish va mutaxassislarni tayyorlash;
  • kiberxavfsizlik bo’yicha bir qator amaliy mashg’ulotlar tashkil etish;
  • laboratoriyada hamkorlarni jalb qilgan holda kurslar tashkil qilish (Kiberxavfsizlik markazi, Sababa security).
Tadbir davomida qatnashgan Universitet rahbariyati va O.Mirzayev TShIU hamda Kiberxavfsizlik markazining o’zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildilar. Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari sifatida: AKTni rivojlantirish, xususan, kiberxavfsizlik masalalari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun talab qilinadigan ko’nikma va bilimlarni olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, qo’shma ta’lim tashabbuslarini tashkil etish hamda boshqalar ustuvor vazifalar etib belgilandi. Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti va “Kiberxavfsizlik markazi” o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi shartnoma imzolandi.
 
Laboratoriyaning ochilishi “Kiberxavfsizlik markazi”ning mutaxassislari va TShIU talabalarini jalb qilgan holda tashkil qilinib, unda kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi bo’yicha mahorat darslari ham o’tib berildi.  
 

Universitetga tashrif buyuring

Aloqa >

Bizning universitetda ta'lim oling

Ko'proq >