
Abdullayev Bobur Sagdullayevich
1988-yil 16-martda Toshkent shahrida tavallud topgan va o‘z mehnati, bilimga bo‘lgan intilishlari bilan axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassis sifatida shakllangan.
U Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) tahsil olib, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ldi. Keyinchalik Koreya Respublikasida davlat xizmatchilari uchun markaziy o‘quv institutida malakasini oshirdi. Uning mehnat faoliyati axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, u «O‘zbektelekom», Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (xozirda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi) kabi nufuzli tashkilotlarda muhim lavozimlarda ishlagan.
2019-yildan u Toshkent shahridagi Amiti universiteti boshqaruv direktori sifatida faoliyat yuritdi. Bugungi kunda u Inxa universiteti rektori sifatida ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy qilish, raqamli texnologiyalar va akademik rivojlanish yo‘nalishlarida ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Uning rahbarligida universitet talabalarga xalqaro standartlarga mos bilim va ko‘nikmalar berishga intilmoqda.