Korporativ kurslar
Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi kompaniyangiz xodimlarining ta’lim va kasbiy mahoratini oshirish sohasida hamkorlikni taklif etadi. Biz har bir korporativ kursni kompaniyaning o’ziga xos xususiyatlari va talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqamiz.
Biz bilan hamkorlik:
- Koreya, Hindiston, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Rossiya va O‘zbekistondan kelgan xalqaro yuqori malakali mutaxassislar tajribasi;
- ma’lumotni o’zlashtirish va amaliyotda qo’llash imkonini beruvchi qiziqarli o’qitish usullari;
- moslashuvchan rejalashtirilgan tizim.
Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz ta’lim markazida quyidagi kurslar taklif etiladi:
- zamonaviy dasturlash tillari va eng yangi IT texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha kurslar;
- kompyuter savodxonligi kurslari;
- Microsoft Excel dasturida katta ma’lumotlar bilan ishlash;
- so‘zlashuv ingliz tili kurslari, IELTS, Business English, koreys tili kurslari va boshqa kurslar.
Bugun biz faxr bilan aytishimiz mumkinki, bizning mijozlarimiz orasida O‘zbekistonning ko‘plab yetakchi tashkilotlari bor: Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, “Lukoil Uzbekistan Operating Company”, “HAMKORBANK”, “O‘ZSANOATQURILISHBANK”, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “TURONBANK” ”, “ARTEL ENGINEERING”, “O‘zarxiv” agentligi, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekistonda GOETH instituti”, O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va boshqalar.
Uzluksiz ta’lim markazi tomonidan respublika bo‘ylab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etildi.