Shoshiling va royxatdan o’ting!
TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI
Bakalavriat dasturlari uchun
Qabul-2026 Qo‘llanmasi
1. 2026-2027 o‘quv yili uchun qabul kvotasi
|
Yo‘nalishlar |
To‘lov-kontrakt asosida |
|
SOCIE (Kompyuter va dasturiy injiniring) |
450 |
|
SBL (Biznes boshqaruvi) |
125 |
|
SBL (Logistika menejmenti) |
125 |
|
Umumiy kvota |
700 |
*Kvotalar soni o‘zgarish ehtimoli mavjud
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar TshIUda ta’lim dasturining birinchi yilini o‘qib tugatganlaridan so‘ng, TshIU reglamentiga ko‘ra, ikkita mutaxassislikdan birini (Kompyuter va dasturiy injiniring hamda Axborot va kommunikatsiya injiniringi) tanlashadi.
Biznes va Logistika yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar Biznes boshqaruvi (125 ta kvota) va Logistika menejmenti (125 ta kvota) mutaxassisliklaridan birini tanlashlari shart. Abituriyentlar bir vaqtning o‘zida ikkala mutaxassislikka hujjat TOPSHIRA OLISHMAYDI.
Yakuniy imtihon topshirgan Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalari orasidan Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga 120 nafargacha (400 nafardan 30 foizi), Biznes boshqaruvi mutaxassisligiga 37 nafargacha (125 nafardan 30 foizi) va Logistika menejmenti mutaxassisligiga 37 nafargacha (125 nafardan 30 foizi) talaba qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek, TShIUga kirish imtihonlari, Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonlarida, hujjatlarni ko‘rib chiqishda va suhbat jarayonida (chet ellik talabalar uchun maxsus qabul) to‘plangan ballar Inha universiteti qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa, qabul kvotasi to‘lmasligi mumkin.
2. 2026/2027-akademik o‘quv yili uchun qabul talablari
2.1. TshIUga kirish imtihonlari qabuli
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar TshIUga kirish imtihonlarini topshirish huquqiga ega:
– mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki 2026-yilning 1-yarmida bitiruvchi o‘quvchilar.
– Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar TshIUga kirish imtihonini topshirish huquqiga ega emas. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.
Kirish imtihonini topshiruvchi abituriyentlar ingliz tilini bilish talabiga javob berishlari kerak:
|
Yo‘nalishlar |
Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab* |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori |
|
Biznes va Logistika |
IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori |
* Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar.
2.2. Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga qabul
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonini topshirish huquqiga ega:
- mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki hozirda Universitetning tayyorlov kursida ta’lim olayotgan o‘quvchilar.
- Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar TshIUga kirish imtihonini topshirish huquqiga ega emas. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonini topshirgan abituriyentlar ingliz tilini bilish talabiga javob berishlari kerak:
|
Yo‘nalishlar |
Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab* |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori |
|
Biznes va Logistika |
IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori |
* Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar.
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslarining yakuniy imtihonidan o‘tgan, ammo 2026-2027 o‘quv yili boshlanishidan oldin litsey/kollej/o‘rta maktab diplomiga yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo‘lmagan abituriyentlar faqat litsey/kollej/o‘rta maktab yoki unga tenglashtirilgan diplomni olganlaridan so‘ng TshIUda o‘qishlari mumkin.
2.3 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul
2.3.1. Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar Universitetning Xalqaro talabalar uchun maxsus qabuliga hujjat topshirish huquqiga ega:
- mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki 2026-yilning 1-yarmida bitiruvchi o‘quvchilar.
- chet el pasportiga (O‘zbekistondan tashqari) ega bo‘lgan abituriyentlar. Agar talabalar koreys pasportiga ega bo‘lsa, ular xalqaro talabalar uchun maxsus qabul huquqiga ega emas. Ikki fuqarolikka (Koreya va boshqa davlatlar) ega bo‘lgan abituriyentlar Koreya fuqarosi hisoblanadi.
Xalqaro talabalar uchun maxsus qabuli uchun nomzodlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim:
|
Yo‘nalishlar |
Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab* |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori |
|
Biznes va Logistika |
IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori |
*Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirish majburiyatidan ozod qilinadilar.
2.3.2 Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul
2026-yilda Inha Universiteti Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul mezonlariga javob beradigan yoki boshlang‘ich, o‘rta hamda yuqori ta’lim bosqichlarini to‘liq Koreya Respublikasidan tashqarida tamomlagan talabalar.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga murojaat qiling.
– //admission.inha.ac.kr/cms/FR_CON/index.do?MENU_ID=160
Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabuli uchun nomzodlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim:
|
Yo‘nalishlar |
Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab* |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori |
|
Biznes va Logistika |
IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori |
* Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirish majburiyatidan ozod qilinadilar.
3. 2026-2027 o‘quv yili uchun qabul jarayoni
TshIU bakalavriat bosqichi uchun kirish imtihonlari – 3 marotaba va Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni 1 marta o‘tkaziladi:
|
Kirish imtihonlari |
Imtihon sanalari |
|
1 – kirish imtihoni |
18-Aprel (Shanba) – 19-Aprel (Yakshanba) |
|
2 – kirish imtihoni |
27-Iyun (Shanba) – 28-Iyun (Yakshanba) |
|
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni |
29-Iyun (Dushanba) |
|
3 – kirish imtihoni |
1-Avgust (Shanba) – 2-Avgust (Yakshanba) |
- Qabul to‘lovi barcha imtihonlar uchun to‘lanishi kerak (UTM yakuniy imtihonidan tashqari).
- Ariza topshirish uchun to‘lov: 200,000 so‘m (yoki 20 USD)
- 3-imtihon joriy yilgi qabul holati va o‘tgan yilgi to‘ldirilmagan kvotaning holatiga ko‘ra o‘tkaziladi.
3.1. Qabul jarayoni
3.1.1. TshIUga kirish imtihonlari qabuli
Saralash tartibi: TshIU kampusida yozma tarzda
Qabul kriteriyalari va baholash mezoni:
|
Yo‘nalishlar |
Baholash mezoni |
Qabul kriteriyalari |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi |
Matematika – 70 ball Fizika – 30 ball |
Reyting asosida muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar (to‘ldirilmagan) qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi |
|
Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi |
Matematika-100 ball |
Kirish imtihon fanlari va belgilangan vaqt:
|
Yo‘nalishlar |
Imtihon tafsilotlari |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi |
● Imtihon shakli: Yozma test (30 ta test) ● Fanlar: 21 ta matematika, 9 ta fizika fanidan savollar ● Vaqt: 60 daqiqa |
|
Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi |
● Imtihon shakli: Yozma test (30 ta test) ● Fanlar: 30 ta matematika fanidan savollar ● Vaqt: 60 daqiqa |
DIQQAT QILING: Nomzodlar Kompyuter va dasturiy injiniring yoki Biznes va Logistika yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshirishlari shart, ikkala yo‘nalishga bir vaqtning o‘zida hujjat topshirish mumkin emas.
Baholash jarayonida abituriyentlarning ballari teng bo‘lib qolsa, talabalikka nomzodlar quyidagi ketma-ketlik asosida tanlab olinadi.
- Matematika fanidan yuqori ballarni qo‘lga kiritgan abituriyentlar
- Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati bali yuqori bo‘lgan abituriyentlar
- Tug‘ilgan sanasi keyinroq bo‘lgan nomzodlar
3.1.2 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga kirish
Saralash tartibi: TshIUda yozma tarzda
Qabul kriteriyalari va muvaffaqiyatli nomzodlarni baholash:
|
Yo‘nalishlar |
Fan turi va test natijalari |
Baholash tartibi |
Qabul kvotasi |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
Matematika – 100 ball Fizika – 100 ball |
Ikkala fan uchun o‘rtacha 50 yoki undan yuqori ball to‘plagan yoki yuqori 30%lik reytingga kirgan nomzodlar |
kvotaning 30%igacha |
|
Biznes va Logistika |
Matematika – 100 ball |
Har bir bo‘lim uchun (Biznes boshqaruvi va Logistika menejmenti), matematika fani uchun o‘rtacha 50 yoki undan yuqori ball to‘plagan yoki yuqori 30%lik reytingiga kirgan nomzodlar |
har bir bo‘lim uchun kvotaning 30%igacha |
※ Ammo, agar 5 tadan 10 tagacha abituriyentlarning o‘rtacha bali 50 ball yoki undan yuqori bo‘lsa, 20%lik reytingga kirganlar qabul qilinadi. Agar 4 yoki undan kam abituriyent bo‘lsa, faqat o‘rtacha 50 ball va undan yuqori ball olganlar qabul qilinadi.
Yakuniy imtihon fanlari va imtihon vaqti:
|
Yo‘nalishlar |
Tafsilotlar |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring |
– Turi: Yozma test (20 ta test shaklidagi savollar) – Fanlar: 10 ta matematika, 10 ta fizika fanidan savollar – Vaqt: 60 daqiqa |
|
Biznes va Logistika |
– Turi: Yozma test (20 ta test shaklidagi savollar) – Fanlar: 20 ta matematika fanidan savollar – Vaqt: 60 daqiqa |
- Qabul jarayonining afzalliklari: Uzluksiz ta’lim markazi tamomlagan o‘quvchilar uchun UTM yakuniy imtihonida qatnashish imkoniyatiga ega. Yuqori natijalarga erishgan nomzodlarga TshIUga kirish imtiyozi beriladi.
- Uzluksiz ta’lim markazi o‘quvchilari barcha 1-, 2-, 3-kirish imtihonlarini topshirish huquqiga ega.
- Dastlabki saralash mezoni:Uzluksiz ta’lim markazi talabalari Yakuniy imtihon yoki Kirish imtihoni natijalarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan taqdirda, ularning sinf bosqichidan qat’i nazar, umumiy o‘rta ta’limni to‘liq yakunlamasdan turib ham muvaffaqiyatli nomzod sifatida saralanishi mumkin. Yakuniy imtihon yoki Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan, biroq 2026–2027 o‘quv yili boshlanishiga qadar akademik litsey/kollej/umumiy o‘rta ta’lim diplomi yoki unga tenglashtirilgan hujjat talablariga javob bermagan nomzodlarga Toshkent shahridagi Inha universitetiga qabul faqat tegishli diplomni (akademik litsey/kollej/maktab yoki unga teng hujjat) olganidan so‘ng ruxsat etiladi.
3.1.3 Qo‘shimcha
Imtihondagi savollarga berilgan noto‘g‘ri javob uchun jarima bali olinmaydi.
3.2 Maxsus qabul jarayoni
3.2.1 Xalqaro talabalar maxsus qabuli / Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun
maxsus qabul
Saralash tartibi:
|
Qabul turi |
Qabul jarayoni tafsilotlari |
|
Xalqaro talabalar maxsus qabuli / Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul |
– Hujjatlarni ko‘rib chiqish + suhbat – Hujjatlarni tekshirish kriteriyalari: o‘rta ta’lim baholari, ingliz tilini bilish darajasi – Suhbatni baholash mezonlari:taqdim etilgan hujjatlar asosida ingliz tilidagi suhbat. |
Qabul mezonlari:
|
Yo‘nalish |
Baholash tartibi |
Qabul kriteriyalari |
|
|
Kompyuter va dasturiy injiniring / Biznes va Logistika ※ Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul faqat Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga ariza topshirish huquqiga ega. |
Hujjatlar: 50 ball |
O‘rta maktab baholari: 20 ball Ingliz tili darajasi: 30 ball |
Hujjatlarni ko‘rib chiqish va suhbatni baholash ballari asosida muvaffaqiyatli nomzodlar qabuli kvotasi bo‘yicha tanlanadi* |
|
Suhbat: 50 ball |
Ingliz tilida suhbat (keng qamrovli qobiliyatni chuqur baholash): 50 ball |
||
*Suhbat natijalarining 50% dan kam natija olgan nomzodlar qabul qilinmaydi.
Barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, nomzodlarning arizalari ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Suhbat arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkaziladi.
Ingliz tilini bilish darajasi, o‘z-o‘zini tushunishi va qadriyatlari, mutaxassislikka qiziqishi va yondashuvi, rivojlanish salohiyati har tomonlama baholangandan so‘ng, kvota doirasida muvaffaqiyatli nomzodlarning soni tanlab olinadi.
※ Xalqaro abituriyentlarning qabuli: Nomzodlarning o‘tish ballari teng bo‘lgan taqdirda, barcha nomzodlar muvaffaqiyatli deb topiladi.
※ Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul: baholash natijalari bo‘yicha o‘tish ballari teng bo‘lgan taqdirda, teng ball to‘plagan nomzodlar quyidagi ustuvorlik ketma-ketligiga muvofiq muvaffaqiyatli nomzod sifatida saralanadi.
① Suhbat (intervyu) natijasi yuqoriroq bo‘lgan abituriyentlar
② O‘rta va yuqori maktab bosqichlarini xorijda ko‘proq semestr davomida tamomlagan abituriyentlar
③ Xorijda uzoqroq muddat yashagan (xorijda haqiqiy yashash kunlari ko‘proq bo‘lgan) abituriyentlar
4. Ariza topshirish jarayoni va zaruriy hujjatlar
Qabul jarayoni:
Hujjat topshirish tartibi: TshIU saytida onlayn ariza topshiring admissions.inha.uz
Kerakli hujjatlar onlayn ariza sayti orqali topshirilishi kerak.
- Pasport/ID karta nusxasi;
- Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (ma’lumotnoma) nusxasi;
- Oxirgi 3 oy ichida olingan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
- Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasida ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
- Yuqorida talab etilgan barcha hujjatlar, shuningdek, rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati belgilangan muddatgacha topshirilishi lozim.
DIQQAT! Har qanday hujjat, shuningdek, rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki ingliz tilida ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjat qalbakilashtirilganligi aniqlansa, nomzodning qabuli bekor qilinadi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.
YODDA TUTING! Elektron pochta orqali yuborilgan ariza va hujjatlar qabul qilinmaydi.
Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha rasmiy test sertifikatini topshirish muddati:
|
Kirish imtihoni bosqichlari |
Hujjat topshirishning oxirgi sanasi |
Yodda saqlang |
|
TshIUning 1- va 2- kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar uchun |
24-Iyul, 2026 (Juma) |
Faqat 2024-yil, 25-iyuldan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi. |
|
TshIUning 3-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun |
21-Avgust, 2026 (Juma) |
Only test score results obtained after Aug 22, 2024 are acceptable Faqat 2024-yil, 22-avgustdan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi |
Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul/ Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul:
4.2.1 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul
Hujjat topshirish tartibi: TshIU saytida onlayn ariza topshiring (foreign-admissions.inha.uz)
Talab qilinadigan hujjatlar (pochta orqali yuborilishi shart):
- Pasport/ID karta nusxasi;
- Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (spravka) nusxasi;
- Maktab/kollej/litsey diplomi ilovasi nusxasi;
- Oxirgi 3 oy ichida tushilgan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
- Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha rasmiy test sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan ularning o‘quvchilari ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
- Shaxsiy bayonnoma;
- O‘qish rejasi;
- Tavsiyanoma
Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim qilishning oxirgi muddati:
21-avgust, 2026 (Juma); Faqat 22-avgust 2024-yildan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi.
4.2.2 Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul:
Qanday ariza berish: Kerakli hujjatlarni TshIU ga pochta orqali yoki yetkazib berish xizmatidan foydalanib topshiring.
Talab qilinadigan hujjatlar (pochta orqali yuborilishi shart):
- Pasport/ID karta nusxasi;
- Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (spravka) nusxasi;
- Maktab/kollej/litsey diplomi ilovasi nusxasi;
- Oxirgi 3 oy ichida tushilgan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
- Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha rasmiy test sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan ularning o‘quvchilari ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
- Shaxsiy bayonnoma;
- O‘qish rejasi;
- Tavsiyanoma
– Quyidagi havolani ko‘rib chiqing (Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul): https//admission.inha.ac.kr/cms/FR_CON/index.do?MENU_ID=160
5.2026-2027-o‘quv yili uchun Qabul jadvali
5.1 Mahalliy abituriyentlar uchun kirish imtihoni:
|
Jarayon |
Sanalar |
|
1-kirish imtihoni (to‘lov-kontrakt asosida) |
|
|
Onlayn hujjat topshirish |
2-Mart (Dush) – 10-Aprel (Juma) |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
18-Aprel (Shanba) |
|
Biznes va Logistika yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
19-Aprel (Yakshanba) |
|
Imtihon natijalarini e’lon qilish |
29-Aprel (Chorshanba) |
|
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish ※Depozit: 1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i |
29-Aprel (Chor) – 8-May (Juma) |
|
2-kirish imtihoni (to‘lov-kontrakt asosida) |
|
|
Onlayn hujjat topshirish |
30-Aprel (Pay) – 12-Iyun (Juma) |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
27-Iyun (Shanba) |
|
Biznes va Logistika yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
28-Iyun (Yakshanba) |
|
Imtihon natijalarini e’lon qilish |
8-Iyul (Chorshanba) |
|
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish ※Depozit: 1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i |
8-Iyul (Chor) – 17-Iyul (Juma) |
|
3-kirish imtihoni (to‘lov-kontrakt asosida) |
|
|
Onlayn hujjat topshirish |
1-Iyul (Chor) – 24-Iyul (Juma) |
|
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
1-Avgust (Shanba) |
|
Biznes va Logistika yo‘nalishi uchun kirish imtihoni |
2-Avgust (Yakshanba) |
|
Imtihon natijalarini e’lon qilish |
7-Avgust (Juma) |
|
Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish |
7-Avgust (Juma) – 21-Avgust (Juma) |
5.2 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni:
|
UTM yakuniy imtihoni qabuli |
|
|
UTM tayyorlov kurslarining yakuniy imtihoni |
29-Iyun (Dushanba) |
|
Imtihon natijalarini e’lon qilish |
8-Iyul (Chorshanba) |
|
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish ※Depozit:1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i |
8-Iyul (Chor) – 17-Iyul (Juma) |
5.3 Maxsus qabul:
Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul/ Xorijda yashovchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul
|
Jarayon |
Sanalar |
|
Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya |
1-bosqich: 13 aprel (dushanba) – 8 may (juma) |
|
Hujjatlarni ko‘rib chiqish |
1-bosqich: 11 may (dushanba) – 20 may (chorshanba) |
|
Intervyu sanalari |
1-bosqich: 21 may (payshanba) – 22 may (juma) |
|
Natijalarni e’lon qilish |
Agar har bir bosqichning kirish imtihonlari davrida xalqaro talabgorlar tomonidan arizalar topshirilgan bo‘lsa, ularning natijalari shu bosqichdagi kirish imtihoni kuni bilan bir kunda e’lon qilinadi. 1-bosqich: 2 iyun (seshanba) |
|
Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish |
1-bosqich: 2 iyun (seshanba) – 12 iyun (juma) 2-bosqich: 8 iyul (chorshanba) – 17 iyul (juma) 3-bosqich: 29 iyul (chorshanba) – 7 avgust (juma) |
6. Kontrakt-to‘lov
| Yo‘nalish | Mahalliy talabalar uchun | Xalqaro talabalar uchun |
| Kompyuter va dasturiy injiniring | 40 400 000 UZS | 4 000$ |
| Biznes va Logistika | 42 300 000 UZS | 4 000$ |
Eslatma! Mahalliy talabalar (O‘zbekiston fuqarolari) kontrakt to‘lovini o‘zbek so‘mida, chet el fuqarolari esa AQSH dollarida amalga oshirishlari lozim.
7. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar
| Rasmiy veb-sahifa | www.inha.uz |
| Onlayn ariza topshirish (mahalliy abituriyentlar uchun) | admissions.inha.uz |
| Onlayn ariza topshirish (xorijlik abituriyentlar uchun) | foreign-admissions.inha.uz |
| Telefon | +998 71 289 99 94 |
| Faks | +998 71 269 00 58 |
| Elektron manzil | admissions@inha.uz |
| Telegram bot | @askinhabot |
| Manzil | 9 Ziyolilar street, Mirzo Ulugbek district, Tashkent, 100170 |
| Ish vaqti | Dushanba – Juma, 9:00 – 18:00 |