Toshkent shahridagi Inha universiteti «Inklyuziv festival»da ishtirok etmoqda

2021 yil 28 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi » Central Park» istirohat bog‘ida «Yoshlar oyligi» doirasida «Inklyuziv festival» bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir tashkilotchilari: Yoshlar ishlari agentligi, «Mehrli qo‘llar» xayriya fondi, O‘zbekiston ko‘ngillilar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqidir.
Festival davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari va talabalari barcha qiziquvchilarga, shu qatorda imkoniyati cheklangan yoshlarga, universitetda yaratilgan sharoitlar, qabul tartibi, imkoniyat va imtiyozlari, shuningdek, TIUdagi tayyorgarlik kurslari bo‘yicha og‘zaki va bosma shaklda ma’lumot berishmoqda