Toshkent shahridagi Inha universitetida Chuseok bayrami nishonlandi

2021-yil 18-sentyabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreyaning an’anaviy Chuseok bayrami nishonlandi. Bayramni «Tashkent KingSejong Institute 2» tashkillashtirdi.
Tadbir davomida mehmonlar bayram haqida ko’p ma’lumotlarni bilib oldilar, shuningdek, Chuseok bayramining an’anaviy o’yinlarida ishtirok etdilar.
Chuseok – Koreyaning eng muhim bayramlaridan biridir. U Koreyada hosil bayrami deb ham ataladi, chunki ushbu bayramning nishonlanishi kuzgi hosil davriga to’g’ri keladi.