Toshkent shahridagi Inha universitetida Hangul kuni nishonlandi

2021-yil 9-oktabrda Toshkent shahridagi Inha universitetida Hangul bayrami nishonlandi. Hangul kuni deb nomlanuvchi Koreya alifbosi kuni Koreyaning milliy xotira kuni bo’lib, XV-asrda koreys monarxi Buyuk Sejong tomonidan ixtiro qilingan Hangul alifbosining ixtirosi va e’lon qilinganligini ifoda etuvchi bayramdir.

Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Qirol Sejong instituti tomonidan tashkil etildi.

Tadbir quyidagi dastur asosida bo’lib o’tdi:

  1. Hangul kunining ma’nosini tushuntirish.
  2. O’z ismini koreys tilida yozish.
  3. Husnixat va yozuv tanlovi.
  4. Viktorina.
  5. Koreys tilini tana bilan ifoda etish.