Tug’ilgan kuning muborak, Universitetim!

 

Hurmatli hamkasblar, professor-o’qituvchilar, aziz talabalar!

Men sizlarni Toshkent shahridagi Inha universiteti tug’ilgan kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

Mana 6 yildirki, o’zining tinimsiz mehnati bilan O’zbekistonda ham, xalqaro maydonda ham hurmat va ijobiy obro’ qozonishga muvaffaq bo’lgan mamlakatimizning asosiy IT-universitetlaridan biri – Toshkentdagi Inha universiteti o’z faoliyatini yuritib, jadal rivojlanib bormoqda.

Universitetning shakllanishi va rivojlanishi davomida voqealar va yutuqlarga to’la qiziqarli yo’l bosib o’tildi. Bizda faxrlanadigan narsalarimiz bor!

Universitetning tug’ilgan kuni, avvalambor, talabalar bayramidir. Bizning o’quvchilarimiz juda qobiliyatli. Talabalarimizning xalqaro musobaqalardagi g’alabalari, ilmiy anjumanlar, forumlar, musobaqalarda ishtirok etishi – bularning barchasi yoshlarimizning faol, shijoatli va muvaffaqiyatli ekanliklarini tasdiqlaydi. Bizning bitiruvchilarimiz taniqli yirik xorijiy
va mahalliy tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqdalar!

Birgalikda biz kuchlimiz. O’qituvchilar, xodimlar, talabalar. Biz birgalikda Universitetimiz an’analarini saqlagan holda, kelajakni qurmoqdamiz.

Universitet hayotida ishtirok etayotganlarni chin yurakdan tabriklayman
va bundan keyin ham dadil borishni, to’laqonli va quvnoq hayot kechirishni, o’qishni, o’qitishni, yaratishni tilayman!
Sizga yangi g’oyalar va g’alabalar tilayman!
Bayramingiz muborak bo’lsin, do’stlar!