IUT rektori v.b. maktabga tashrif buyurdi

2019 yilning 22 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 4-sonli maktabiga tashrif buyurdi va o‘quvchilar bilan uchrashdi.  
 
Tashrif davomida Muzaffar Djalalov  yoshlar tashabbuslarini, innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlarni qo‘llab–quvvatlash bo‘yicha motivatsion trening o‘tkazdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining salohiyatini ochib berish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ta’lim dasturining barcha jihatlarini rivojlantirish bo‘yicha Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rivojlanishi istiqbollari qayd etildi.
 
Tadbir yakunida Muzaffar Muxitdinovich innovatsion loyihalar va o‘quv dasturi bilan tanishish uchun 4-sonli maktab o‘quvchilarini Toshkent shahridagi Inha universitetiga taklif qildi. Shuningdek, ilk bor 2019 yilda ochiq eshiklar kuni o‘tkazilganligini aytib, keyingi sanalarini ma’lum qildi.