Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) o’n uch talabasi 2019 yil 19 iyuldan 11 avgustgacha davom etadigan Koreya Respublikasidagi Inha universiteti yozgi maktabida qatnashadilar.
Shoxsanam Shirinkulova, Feruza Latipova, Sardor Urdushev, Nasiba Latfullaev, Azizbek Qobilov, Zuxriddin Abdurahmonov, Avazbek Abdusaidov, Elbek Nurmuxamedov, Azizjon Shodiev, Azizbek Asadov, Akbar Urazbayev, Husan Todjiboyev va Zilola Dadajonova Inha yozgi maktabida bepul ishtirok etish imkonini qo’lga kiritishdi.
Talabalar 2019-yilninv fevral-aprel oylarida bo’lib o’tgan ichki tanlovlar asosida tanlab olindi.
6ta talaba «Eng yaxshi IT loyiha» va 3 ta talaba “Eng yaxshi logistika loyihasi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi.
Janubiy Koreyadagi uch haftalik «Inha Yozgi Maktabi» yozgi dasturiga «Koreys tili», «Sharqiy Osiyodagi siyosat va xalqaro munosabatlar», «Koreya va uning madaniyati», «Koreyadagi iqtisodiyot va biznes», «Kelajak uchun yangi texnologiyalar» kabi turli yo’nalishdagi mashg’ulotlar kiradi.
Shuningdek, talabalar Koreya Respublikasining madaniy va sayyohlik diqqatga sazovor joylari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
E’tibor bering, yozgi maktabda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan universitet talabalari ham qatnashadilar. Bu sizga boshqa xalqlarning madaniyati va urf-odatlarini o’rganishga imkon beradi.
Eslatib o’tamiz, bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari beshinchi marotaba Koreyadagi yozgi maktabda qatnashmoqdalar.