TshIUda bolalar uchun bepul konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi

2022-yil 13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining Uzluksiz ta’lim markazida (CEC) 7-12 yoshli bolalar uchun dasturlash bo‘yicha bepul maslahat darslari bo‘lib o‘tdi.
Darslar Scratch va 3D modellashtirish kabi yo’nalishlarda o’tkazildi.
Scratch – bu bolalarga o’rgatish uchun mo’ljallangan dasturlash tili. Bu dunyodagi eng mashhur vizual dasturlash tillaridan biri bo’lib, u yerda dasturlar Lego konstruktoridagi kabi bloklardan yig’iladi. Ta’lim jarayonida bolalar o’zlarining multfilmlarini, animatsion otkritkalarini yoki hikoyalarini va, albatta, o’yinlar yaratishlari mumkin.
3D modellashtirish darsi uch o’lchamli obyektlarni modellashtirishni o’rganishdir. O’quv jarayonida bola obyektlar va muhitlarni yaratish va jonlantirishni, shuningdek, obyektlarning tuzilishi va rangini sozlashni o’rganadi.