Toshkent shahridagi 193-sonli maktabda yangi kompyuter sinfxonasi ochildi

2021-yil 6-sentyabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 193-sonli informatika va axborot-texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida yangi IT-sinfxonasi tantanali ravishda ochildi. Ushbu sinfxonani ta’mirlash va jihozlashni Toshkent shahridagi Inha universiteti amalga oshirdi.

Ochilish marosimida TshIU rektori M.Djalalov 193-sonli maktab o’quvchilariga muvaffaqiyatli o’quv yili tilab, yangi kompyuter sinfxonasi maktab o’quvchilarining IT sohasidagi iste’dodlarini kashf etish va rivojlantirishga hissa qo’shishiga umid bildirdi.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!