2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning «SRPOST» kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Memorandum doirasida tomonlar elektron hukumat hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida kelishib olishdi.
IUT va «SRPOST» ham loyihalarni universitet talaba va professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb etgan holda birgalikda amalga oshirish niyatida.
«ePeople» portali ishlab chiquvchisi «SRPOST» IT-kompaniyasi 2007 yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati mijozlarga xizmat ko‘rsatishning dasturiy ta’minotini, pochta tizimini, SI/SMni ishlab chiqish, Biznesni boshqarish bo‘yicha milliy Kengashining dasturiy ta’minotini rivojlantirish, shuningdek Big data va boshqa yangi texnologiyalar asosida amaliy tizimni ishlab chiqishdan iboratdir.