IUT va «SRPOST» o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

 
 
2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning «SRPOST» kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.  
 
Memorandum doirasida tomonlar elektron hukumat hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida kelishib olishdi.  
 
IUT va «SRPOST» ham loyihalarni universitet talaba va professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb etgan holda  birgalikda   amalga oshirish niyatida.
 
«ePeople» portali ishlab chiquvchisi «SRPOST» IT-kompaniyasi 2007 yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati mijozlarga xizmat ko‘rsatishning dasturiy ta’minotini, pochta tizimini, SI/SMni ishlab chiqish, Biznesni boshqarish bo‘yicha milliy Kengashining dasturiy ta’minotini rivojlantirish, shuningdek Big data va boshqa yangi texnologiyalar asosida amaliy tizimni ishlab chiqishdan iboratdir.
Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!