Toshkent shahridagi Inha universiteti endilikda Click tizimida mavjud

 

Click Evolution mobil ilovasidan foydalangan holda, siz endi imtihon, shartnoma asosida talabalarning o’qish to’lovini, shuningdek, yo’qolgan ID-kartangizni tiklash uchun bo’lgan barcha to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Abituriyent va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahridagi Inha universiteti Click to’lov tizimini yo’lga qo’ydi.

Birgina tugmani bosish orqali  quyidagi to’lovlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud:
 – abituriyentlarning imtihon to’lovlari uchun,
 – talabalarning shartnoma asosida o’qish to’lovlari uchun,
 – talabaning yo’qolgan ID-kartasini tiklash uchun to’lov.

Kerakli to’lovni amalga oshirish maqsadida, foydalanuvchi «Ta’lim» yo’nalishini tanlagan holda Toshkent shahridagi Inha universiteti qidirib topiladi.

Talaba o’qish uchun to’lovni amalga oshirishda yoki ID-kartani yo’qotgan hollarda shaxsiy ID-guvohnoma raqamini kiritishi darkor. Shu bilan birga, tizim shartlariga ko’ra to’lov miqdori har bir tranzaktsiya (to’lov) uchun 6 million so’mdan oshmasligi kerak.  Imtihon to’lovini amalga oshirishda, abituriyent  ro’yxatdan o’tish paytida berilgan shaxsiy guvohnoma ma’lumotlarini ham kiritishi kerak.  To’lovlarni amalga oshirishda xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun tizim minimal chegarani 200 ming so’m (imtihon uchun to’lanadigan to’lov miqdori) ni o’rnatdi.

Eslatib o’tamiz, abituriyentlar avvalgidek imtihon uchun to’lovni universitetning rasmiy veb-saytida admission.inha.uz manzili orqali ham to’lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bundan tashqari, xabar berilganidek, yuqorida ko’rsatilgan to’lovlarni PayMe to’lov tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin.