Toshkent shahridagi Inha universiteti va TBC Bank o‘rtasida memorandum imzolandi

021 yil 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TBC Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov va TBC Bank Boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini, shu jumladan talabalar uchun stajirovka dasturini muhokama qildilar va o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.