Toshkent shahridagi Inha universitetida Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida “Elektron hukumatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida O‘zbekistonning xalqaro reytingini ko‘tarish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari hamda xorijlik mutaxassislar ishtirok etishdi.
 
Estoniya elektron boshqaruv akademiyasi ijrochi direktori Astok Xannes o‘z ma’ruzasida Estoniya elektron xukumatining ekotizimi va rivojlanish saboqlari haqida so‘zlab berdi.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi ijro ofisining raqamli innovatsiyalar va baholash bo‘yicha bosh mutaxassisi Mark Belinski jamiyatni qamrab oluvchi raqamli transformatsiyaga O‘zbekistonning tayyorligini baholadi.