2020-yil 11-dekabr kuni Yakkasaroy tumanidagi 5 ta akademik litsey bitiruvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi. Bitiruvchilarga universitetga kirish imtihonlari, o‘quv jarayoni, talabalik hayoti haqida so‘zlab berildi. Talabalarning savollariga javoblar berildi. Bitiruvchilar uchun Universitet bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.