Birinchi kirish imtihonlari onlayn tarzda o‘tkazildi

 

Barcha abituriyentlar registratsiyadan o’tkazildi,2 guruhga ajratilib-«Logistika»yo’nalishidagi  va «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishidagi abituriyentlar.
Ma’lum bir vaqtda abituriyentlar uchun online imtihonning faol silkasi  Zoom programmasi yordamida yuborildi,imtihon topshiriqlarini kompyuterda qabul qilishdi va bajarishga kirishishdi.Bu yil matematikadan 6ta savol-30 daqiqa davomida yozma shaklida bajarilishi kerak.Berilgan vaqtda abituriyentlar Zoom orqali javob varaqasini korsatishdi,shundan so’ng bu varoqni smartfonga rasmga olishib,tekshiruv komissiyasiga yuborishdi.Tekshirish uchun ekzemplyarlarini Zoom orqali ko’rsatishdi va yana ekzemplyarlarini pochta orqali yuborishdi.
«Biz Toshkent shahridagi Inxa Universitetida birinchi bor o’tkazilgan online imtihonning tashkil etilganligini qo’llab-quvvatlaymiz.Bugun  birinchi bor «Logistika»yo’nalishida abituriyentlar imtihon topshirishdi.Qatnashchilar 86%ni tashkil etdi.Keyingi boshlanadigan imtihon jarayoni «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi abituriyentlari uchun.Kecha bo’lib o’tgan konsultatsiya kunida,barcha registratsiyadan o’tish va imtihon
jarayonlari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirildi.Biz aniq ma’lumotlarni faqat imtihon natijalaridan so’ng berib o’tamiz»,-Toshkent shahridagi Inxa Universiteti moliyaviy yo’nalish Bosh menedjeri Rustam Kazakov.
Eslatib o’tamiz,imtihon jarayonlarini Zoom orqali Janubiy Koreyadagi Inxa Universiteti xodimlari kuzatib turishdi.Toshkentdagi hech qanday Oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmadi.Imtihonda 56 xodim koreys universitetidan ishtirok etishdi-28 nafari asosiy   va yana 28 nafari zaxirada,qaysidir kuzatuvchining o’rniga almashish uchun.