Ikkinchi marotaba Toshkent shahridagi Inha Universitetiga onlayn kirish imtihonlari o’tkazildi

 

Toshkent shahridagi Inha Universitetida 21 va 23 iyul kunlari kirish imtihonlari  bo’lib o’tdi.E’tibor bergan bo’lsangiz, bu Universitetda o’tkazilayotgan ikkinchi qabul jarayoni.Birinchi qabul jarayoni online ravishda iyun oyida bo’lib o’tgan edi.»Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi-kontrakt asosidagilar uchun 21 iyul kuni online tarzda kirish imtihonlari o’tkazildi.23 iyul kuni «Kompyuter va dasturiy injenering»yo’nalishi-grant asosidagilar,»Logistika»yo’nalishi-kontrakt asosidagilar  uchun kirish imtihonlari o’tkazildi.Abituriyentlar shu bilan birga ZOOM ilovasi yordamida online imtihonga faol havolani kiritdilar,bir vaqtning o’zida imtihon topshiriqlarini kompyuterga yukladilar va yechishni boshladilar.Matematika va fizikadan 6 ta savol bo’lib,ular 30 daqiqa davomida yozma ravishda bajarilishi kerak(har bir fan uchun)
Abituriyentlar belgilangan vaqt tugagandan so’ng,ZOOM orqali kuzatuvchiga javob varog’ini ,smartfondagi javobni ko’rsatib,tekshirish komissiyasiga yuborishdi.ZOOM orqali ko’rsatilgan nusxalar va pochta orqali yuborilgan nusxalar taqqoslandi. Imtihonning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar ingliz tilidan online suhbatlarga taklif etiladi.Janubiy Koreyadagi Inha Universiteti vakillari ZOOM orqali imtihon jarayonini kuzatganligini ta’kidlab o’tish mumkin. Toshkent Universitetlarining birortasiga ham kuzatishga ruxsat berilmagan.Ro’yxatdan o’tganganlarning umumiy soni 739 tani tashkil etdi.Koreyaning Inha Universitetidan 50 nafar vakil imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.