Ilk marotaba maslahat onlayn tarzda o’tkazildi

 

22 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kirish imtihoniga ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar uchun maslahat kuni bo’lib o’tdi.

Ilk marotaba maslahat onlayn tarzda o’tkazildi. Abiturientlarning shaxsiy pochtasiga  ZOOM dasturining ssilkasi yuborilib  qatnashish imkoniyati yaratildi. Barcha abituriyentlar uch asosiy qismga bo’lindi- konsultasiyaning birinchi soatida  tayyorgarlik kurslarida qatnashgan abiturientlar uchun, keyin  Logistika va kompyuter  injiniring fakultetlariga hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun bo’lib o’tdi. Inha universiteti (Koreya Respublikasi) kuzatuvchilari imtihon jarayon o’tkazilish borasidagi  texnik tafsilotlarini batafsil tushuntirib berdilar, shuningdek, abituriyentlarni identifikatsiyalash amalga oshirdilar. O’z navbatida Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati va v.v.b.rektor jonli efirning borishini diqqat bilan kuzatdilar.

“Bizda imtihonda qatnashish huquqimiz yo’q, Toshkentda Inha universiteti ochilgan kundan beri shunday bo’lib kelyapti. Kirish imtihonlari har doim Koreya  tomonidan o’tkaziladi, bu esa qabulning shaffofligini kafolatlaydi. Bu yil ham istisno emas, yagona farq shundaki, bularning barchasi masofadan turib amalga oshiriladi va bu siz , abituriyentlar uchun ham, biz uchun ham katta tajriba. Muammoni batafsil muhokama qilish va o’rganish natijasida biz koreyalik sheriklarimiz bilan birgalikda savollar sonini 6 tagacha qisqartirdik, ammo ingliz tilida qisqa intervyu qo’shdik.Tajriba shuni ko’rsatdiki, abituriyentlarimizning ba’zilari chet elda bo’lishiga qaramasdan – AQSh, Evropa, Toshkentdagi Inha universitetida o’z bilim va kuchlarini sinab ko’rishni afzal bilishdi, bu esa o’z navbatida xalqaro universitetlar o’rtasidagi raqobatdoshlik darajasini ko’rsatkichidir.Barchangizga muvaffaqiyatlar tilayman, kuchingiz va bilimingizga ishoning!” – deb ta’kidladi  Toshkent shahridagi Inha universiteti rektor v.b. Muzaffar Jalаlov.

Eslatib o’tamiz, ertaga, 23 iyun kuni birinchi kirish imtihonlari onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Abiturientlar imtihonga kechikib qolmasliklari va o’z vaqtida o’zlarining shaxsiy pochtalariga yuboriladigan ssilka orqali ulanishlari kerak. Imtihonga kechikkan abituriyentlarga qatnashish ruxsati berilmaydi .