The 3rd entrance exam

 

Qadrli abituryentlar va ota-onalar,


Ko’pchilikning talabiga binoan Inha Universiteti SOCIE va SOL fakultetlariga kirish uchun 3-imtihon bo’lib o’tishini ma’lum qiladi.
Konsultatsiya va 3-imtihon Toshkent shahridagi Inha Universitetida bo’lib o’tadi (Toshkent sh, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’chasi 9)


Onlayn hujjatlarni topshirish ( //admissions.inha.uz) 8-iyul kunidan 15-iyul soat 17:00 gacha ochiladi. Konsultatsiya va 3-imtihon 19-iyuldan (Juma) 21-iyulgacha (Yakshanba) bo’lib o’tadi va konsultatsiya kuni uchun kun rejasi Inha Universiteti veb-saytida e’lon qilinadi. Shu sabab, hujjat topshirgan talabalar doimiy ravishda veb-saytni tekshirib borishlari kerak bo’ladi.


Shuni unutmangki, 3- imtihonga kiruvchi talabalar imtihon to’lovini (200,000 so’m) amalga oshirishlari kerak bo’ladi va bu pul qaytarilmaydi. Ammo, kirgan talabalar to’lagan pul kontrakt to’loviga qo’shib yuboriladi.


Konsultatsiya kuniga kelmagan talabalar imtihondan 1,5 soat oldin kelishlari kerak, yoki ular intihonga kiritilmaydi.


Qabul qilingan abituryentlar  imtihondan 1 soat oldin kelishlari kerak va original passportlarini olib kelishlari lozim.
“Original passportsiz kelgan abituryentlar imtihonga qo’yilmaydi”